AsosiyJamiyat

1 iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi

Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

'1 iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi'ning rasmi

Prezident boshchiligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda qimmat bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ayrim tovarlar eksportiga cheklov qo‘yilgani uchun ko‘plab imkoniyatlar qo‘ldan boy berilayotgani qayd etildi.

Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

Bu tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyat ekani ta’kidlandi. 

"Bir narsani aniq tushunish kerak. Agar tadbirkorlar qimmat bozorlarga ishlasa, ularda mahsulotni ko‘paytirish, sifatni yaxshilashga intilish, ishtiyoq ortadi, manfaat bo‘ladi",
— dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar