AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonda qurilish korxonasining soliq qarzi 100 mln so'mdan oshdi

Bu haqda Soliq qo'mitasi xabar berdi.

'O'zbekistonda qurilish korxonasining soliq qarzi 100 mln so'mdan oshdi'ning rasmi

O'zbekistonda 100 mln so'mdan ortiq soliq qarziga ega qurilish korxonalari soni qariyb 2 mingtaga yetdi.

2026 yil 1 iyun holatiga ko'ra, soliq qarzi 100 mln so'mdan yuqori bo'lgan qurilish korxonalari soni 1 964 tani tashkil etdi. Ularning jami soliq qarzi 2,56 trln so'mga etgan.

Soliq qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, umumiy qarzdorlikning 618,6 mlrd so'mi yoki 24,1 foizi eng katta soliq qarziga ega 10 ta qurilish korxonasi hissasiga to'g'ri keladi.

Hududlar kesimida eng yuqori qarzdorlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtdagi qurilish kompaniyalarining jami soliq qarzi 817,4 mlrd so'mni tashkil etgan. Keyingi o'rinlarda Andijon viloyati (329,1 mlrd so'm) va Toshkent viloyati (304,5 mlrd so'm) joylashgan.

 Eng katta soliq qarziga ega qurilish korxonalari qatoriga "Aziya Invest Favorit", "Oqbulok Obod Guzari", "Tamirlash Qurish Servis", "Agro Asia Trade Service", "Grand Road Tashkent", "Usta Obid Brend", "Oltin Baliq", "National Road Invest" va "DSK Binokor" kirgan.

    Boshqa yangiliklar