AsosiyDUNYO

Pokistonda ikki portlash: qutqaruvchilar ham nishonga olindi

Pokiston hukumati hududdagi xavfsizlik vaziyati yomonlashuvini qo‘shni Afg‘onistondagi guruhlar faoliyati bilan bog‘lamoqda.

'Pokistonda ikki portlash: qutqaruvchilar ham nishonga olindi'ning rasmi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir bo'lgan ketma-ket portlashlar oqibatida kamida 7 kishi halok bo'ldi. Bu haqda Al Arabiya mahalliy huquq-tartibot organlariga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, dastlab yo'l chetiga o'rnatilgan, masofadan boshqariladigan qo'lbola portlovchi qurilma pikap avtomobilni nishonga olgan holda portlagan.

Oradan ko'p o'tmay, jabrlanganlar tibbiyot muassasasiga olib ketilayotgan paytda ikkinchi portlash sodir bo'lgan. Natijada qurbonlar soni kamida 7 nafarga yetgan.

Hozircha hujum uchun hech bir guruh mas'uliyatni o'z zimmasiga olmagan. Shu bilan birga, hududda faol bo'lgan "Tehrik-e Tolibon Pokiston" (TTP) guruhi mavjudligi qayd etilmoqda.

Pokiston hukumati hududdagi xavfsizlik vaziyati yomonlashuvini qo'shni Afg'onistondagi guruhlar faoliyati bilan bog'lamoqda. Afg'oniston tomoni esa bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qozog‘istonda yoqilg‘i quyish shahobchasida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 11:21

    Qozog‘istonda yoqilg‘i quyish shahobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

    Yong'in o'chirilgandan so'ng avtomobil salonida uch nafar shaxs — ayol va ikki yosh bolaning jasadlari topilgan.

    'London yo‘nalishida harakatlangan poyezdlar to‘qnashdi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 08:43

    London yo‘nalishida harakatlangan poyezdlar to‘qnashdi

    Ma'lumotiga ko'ra, 33 kishi og'ir, 56 kishi esa yengil jarohatlangan, halok bo'lgan shaxslardan biri poyezd mashinisti ekani ma'lum qilindi.

    'Italiya bosh vaziri Trampning surat haqidagi gaplarini “to‘qima” dedi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 04:28

    Italiya bosh vaziri Trampning surat haqidagi gaplarini “to‘qima” dedi

    Tramp Italiya telekompaniyaga bergan intervyusida Meloni undan birga suratga tushishni “iltimos qilganini” aytgan.

    'Kashmirdagi namoyishlardan so‘ng shutdown e’lon qilindi, qurbonlar soni 24 nafarga yetdi'ning rasmi

    DUNYO 19.06.2026 13:42

    Kashmirdagi namoyishlardan so‘ng shutdown e’lon qilindi, qurbonlar soni 24 nafarga yetdi

    Mahalliy aholi vakillari esa uzoq davom etayotgan cheklovlar sabab kundalik daromad manbaidan mahrum bo‘layotganini aytmoqda.

    'Eronda hijobsiz qo‘shiq kuylagan xonanda 74 darra qamchilash jazosiga hukm qilindi.'ning rasmi

    DUNYO 19.06.2026 13:36

    Eronda hijobsiz qo‘shiq kuylagan xonanda 74 darra qamchilash jazosiga hukm qilindi.

    Eronlik huquqshunos Muin Xazaeliy esa mamlakat qonunchiligida ayollarning qoʻshiq kuylashi, musiqa ijro etishi yoki musiqiy asarlar yaratishi jinoyat sifatida belgilanmaganini qayd etgan.

    'Rim yaqinidan Rim imperiyasi davriga oid hashamatli villa topildi'ning rasmi

    DUNYO 19.06.2026 13:33

    Rim yaqinidan Rim imperiyasi davriga oid hashamatli villa topildi

    Arxeologlar hozirgacha atrium va suv yig‘ish havzasiga ega katta zalni, shuningdek qora va oq ranglarda ishlangan murakkab geometrik hamda o‘simliksimon naqshlar bilan bezatilgan mozaika pollarni aniqlagan.