AsosiyJamiyat

Samarqandda erkak o‘zining voyaga yetmagan qayni ukasini do‘pposladi

Yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

'Samarqandda erkak o‘zining voyaga yetmagan qayni ukasini do‘pposladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘smir bolani do‘konda kaltaklanganligi aks etgan video tarqaldi. 

Bolalar ombudsmanning aniqlanishicha, holat joriy yilning 16 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan oziq-ovqat do‘konida sodir bo‘lgan.

Fuqaro Q.F. oilaviy masala tufayli turmush o‘rtog‘ining voyaga yetmagan ukasi N.S (2008 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra qo‘llanilgan huquqiy choralar yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar