AsosiyJamiyat

Toshkentda IIBga chaqirilgan erkak qiynoqqa solindi

Holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

'Toshkentda IIBga chaqirilgan erkak qiynoqqa solindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergeli tuman Ichki ishlar boshqarmasida fuqaro Javohir Qurbonov qiynoqqa solingani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Ombudsman rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, shu yil 8 fevral kuni J.Qurbonov ushbu tuman Ichki ishlar boshqarmasiga chaqirtirilgan va u yerda ikki kun davomida noqonuniy ravishda ushlab turilib, turli shakllarda zo‘ravonlikka duchor qilingan. Natijada, oyog‘i singani, bosh qismi lat yegani va shishlar kuzatilgani ma’lum qilingan.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) nazoratiga olindi. Holat yuzasidan Bosh prokuraturaga Ombudsman talabnomasi kiritildi.

Ombudsman ushbu holatni qonun talablari doirasida ko‘rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtiruvini ta’minlashni so‘raydi.

    Boshqa yangiliklar