Farg‘ona viloyatida dahshatli voqea yuz berdi: erkak tushida xotinining xiyonat qilganini ko‘rib, uni uxlayotgan paytda pichoq bilan o‘ldirdi. Ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan kechada er-xotin orasida hech qanday janjal bo‘lmagan. Erkak tonggi 4:30 atrofida uyg‘onib, yostig‘i ostida yashirib yotgan pichoq bilan xotiniga 13 marta zarba bergan. Voqeani anglagach, u o‘zi tibbiy yordam chaqirgan, ammo ayol hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Sudda aniqlanishicha, erkak ilgari ham xotini ustidan asossiz gumonlar qilib janjal chiqargan. Uch farzandning otasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.