AsosiyJamiyat

Toshkentda mast erkak fuqarolarga pichoq bilan tahdid qildi

Erkak 10 sutkaga qamaldi.

'Toshkentda mast erkak fuqarolarga pichoq bilan tahdid qildi'ning rasmi

Toshkentning Shayxontohur tumanida pichoq bilan odamlarga tahdid qilgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkakning liftda yosh bolaga qo‘l ko‘targani, ko‘chada fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, 18 aprel kuni soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida joylashgan avtoturargohlardan birida o‘rnatilgan «tashvish tugmasi» bosilgani haqida Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tomonidan aniqlanishicha, 1958 yilda tug‘ilgan X.S. mast holatda bo‘la turib, avtoturargoh qorovuli va boshqa fuqarolarni oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitib, jamoat tartibini buzgan. So‘ng voqea joyidan qochib, ko‘p qavatli uylardan biriga kirib ketgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro X.S. ushlanib, IIBga olib borilgan.

X.S. tomonidan pichoq bilan hech kimga tan jarohati yetkazilmagan.

Holat yuzasidan X.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik), 194- (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 185-2-moddalari (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonga bojsiz olib kiriladigan tamaki, alkagol va biologik moddalar miqdori tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2025 19:40

    'Farg‘onada erkak tushi sabab ayolini o‘ldirdi'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2025 18:14

    Farg‘onada erkak tushi sabab ayolini o‘ldirdi

    U uxlab yotgan xotinini 13 marta pichoqlagan. Erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

    'Toshkentda IIBga chaqirilgan erkak qiynoqqa solindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2025 17:06

    Toshkentda IIBga chaqirilgan erkak qiynoqqa solindi

    Holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

    'Rasul Kusherbayev Yangiyo‘l IIBda sababsiz bir necha soat ushlab turildi'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2025 14:23

    Rasul Kusherbayev Yangiyo‘l IIBda sababsiz bir necha soat ushlab turildi

    Sobiq deputat holatga Ichki ishlar vaziri izoh berishini so‘rayapti.

    'Xonanda Rayhon jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2025 13:16

    Xonanda Rayhon jarimaga tortildi

    U mualliflik huquqini buzib, shoirning ruxsatisiz uning she’ridan foydalangan.

    'Sudyalik lavozimida ishlaydigan ayollar ulushi oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2025 10:25

    Sudyalik lavozimida ishlaydigan ayollar ulushi oshiriladi

    Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"da bu borada so‘z boradi.