AQShning Florida shtatidagi Apopka shahrida yashovchi erkak hovlisida yurgan ulkan timsohni ko`rib, hayratga tushdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Pochta qutisidagi xatni olish uchun hovliga chiqqan Luis Kamacho (Louis Camacho) oyog`i ostidagi erning qimirlayotganini his qilib, vishillagan tovushdan hayron bo`ldi. Avvaliga u zilzila bo`layotgan bo`lsa kerak, degan xayolga bordi. Ammo yomg`ir suvi to`planadigan kanalizasiya ichiga qarab, u erda ulkan timsoh yashirinib yotganligini ko`rdi.
“Vishilligan ovoz e`tiborimni tortdi, – dedi Kamacho, – menimcha timsoh yaqinlashmasligim kerakligi haqida ogohlantirdi”.
Erkak bundan ilgari ham hovlisida yurgan 130 kilogrammli ayiqni uchratgan edi.