AsosiyJinoyat

Toshkentda odamlarni pichoq bilan qo‘rqitgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda erkak liftdagi yolg‘iz bolani qo‘rqitib, uni kaltaklagani aks etgan.

'Toshkentda odamlarni pichoq bilan qo‘rqitgan shaxs 10 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan tahdid qildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qo‘riqlash boshqarmasiga 18-aprel kuni soat 19:40 atrofida Sebzor ko‘chasidagi avtoturargohlardan biridagi “tashvish tugmasi” bosilgani haqida xabar kelib tushgan.

67 yoshli X.S. mast holatda avtoturargoh qorovuli va boshqa fuqarolarni oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitib, jamoat tartibini buzgan. So‘ng voqea joyidan qochib, ko‘p qavatli uylardan biriga kirib ketgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda erkak liftda yolg‘iz bolani qo‘rqitib, unga bir necha marta tarsaki tushirgani ko‘rinadi. Yana birida esa boshqa bolalar undan qochib, ko‘p qavatli uyga yashirinadi.

Boshqarmaga ko‘ra, ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida u ushlanib, yaqin oradagi IIBga olib borilgan. Fuqaro pichoq bilan hech kimga tan jarohati yetkazmagan.

Holat yuzasidan X.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 185−2-moddasi (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan,— deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sariossiyoda hokim o‘rinbosari firibgarlikda ayblanib qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 21.11.2025 08:28

    ''ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 21:54

    'Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 20:38

    Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi

    Bir qator o‘qituvchilardan imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan holda 1300–1500 AQSh dollar miqdorida pul talab qilgan.

    'Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 11:37

    Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi

    Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha ish qo‘zgatildi.

    'Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 12:11

    Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi

    Poytaxt Soliq boshqarmasining bosh inspektori 5 ming dollar pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi. Unga nisbatan "pora olish" moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    'Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 07:54

    Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan

    Sirdaryoning Xovos tumanida IIVning ikki nafar tezkor xodimi gumonlanuvchilarni qoʻrqitib, pul talab qildi.