AsosiyJinoyat

Buxorodagi xususiy klinikada 13 yoshli bola vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.

'Buxorodagi xususiy klinikada 13 yoshli bola vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

Buxoro shahridagi xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 13 yoshli bola vafot etganligi holati yuzasidan tekshirish o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari o‘tkazish lozimligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi”,— deyiladi ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, kecha “Darakchi.uz” Buxorodagi xususiy klinikada 13 yoshli bola vafot etgani yuzasidan surishtiruvini e’lon qilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xorazmda 2,2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 27.05.2025 07:47

    Xorazmda 2,2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    '“Haj safariga yuboraman” deb fuqarolardan minglab dollar olgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 27.05.2025 02:22

    “Haj safariga yuboraman” deb fuqarolardan minglab dollar olgan firibgarlar ushlandi

    Hozirda ushbu jinoyatlardan jabrlangan boshqa fuqarolar shaxsini aniqlash va ularga yetkazilgan moddiy zararlarni baholash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

    'Interpol qidiruvidagi ikki ayol O‘mondan Toshkentga keltirildi'ning rasmi

    Jinoyat 26.05.2025 16:37

    Interpol qidiruvidagi ikki ayol O‘mondan Toshkentga keltirildi

    Ulardan biri firibgarlik va biri odam savdosi bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.

    'Ichki ishlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 26.05.2025 02:30

    Ichki ishlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi

    Ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, pul olgan adliya va gvardiya xodimlari DXX tomonidan ushlandi.

    'Toshkentda 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jinoyat 23.05.2025 06:22

    Toshkentda 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi

    Hozirda holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Qashqadaryoda “Jihodchilar” ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 23.05.2025 03:15

    Qashqadaryoda “Jihodchilar” ushlandi

    Qarshida noqonuniy diniy guruh tuzib, “halifalik” g‘oyasini targ‘ib qilgan 8 nafar shaxs 6-yildan 10-yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etildi.