1

Margaret Tetcher va Bridjit Jonslar eng nufuzli ayollar ro`yxatiga kiritildi

Dunyo 15.12.2016, 14:40
Margaret Tetcher va Bridjit Jonslar eng nufuzli ayollar ro`yxatiga kiritildi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher va adabiy personaj bo`lgan Bridjit Jonslar “Bi-bi-si” radiosining versiyasiga ko`ra, so`nggi 70 yilning eng obro`li ayollari ro`yxatiga kiritildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Ro`yxatga boshqa ayollarning taqdiriga kuchli ta`sir eta olgan ayollarning ism-shariflari kiritilgan. Bu erda birinchi o`rin Margaret Tetcherga berildi. Tetcherdan tashqari ro`yxatga xonanda Beyonse, yozuvchi va olima Jermen Grir, Brook Advisory Centres kompaniyasining asoschisiXelen Bruk, deputat-leyborist Barbara Kasl va faol Jayyaben Desailar ham kiritildi.

Ro`yxat OAVlarning tanqidiga uchradi. The Telegraph gazetasi nima uchun ro`yxatga qirolicha Elizavet II kiritilmagani bilan qiziqdi. Daily Mail gazetasi esa Bridjit Jons va Beyonselarni Margaret Tetcherga tenglashtirib bo`lmaydi, degan g`oyani ilgari surdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1