AsosiyDunyo

Putin urushni to‘xtatmoqchimi?

Rossiya yetakchisi Ukraina bilan to‘qnashuvni hozirgi front chizig‘i bo‘yicha to‘xtatishni taklif qildi.

'Putin urushni to‘xtatmoqchimi?'ning rasmi

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Ukraina bilan to‘qnashuvni hozirgi front chizig‘i bo‘yicha to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda “Financial Times” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Rossiya Prezidenti AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan tinchlik kelishuviga erishish yo‘lida harbiy harakatlarni hozirgi chiziqda to‘xtatishni taklif qilgan.

Shuningdek, joriy yil aprel oyi boshida Sankt-Peterburgda Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan uchrashuvda Vladimir Putin Moskva Kiyev nazorati ostida qolayotgan to‘rtta hududdagi da’volardan voz kechishga tayyorligini bildirgan.

U faqat Rossiya hozirda nazorat qilayotgan hududlarni o‘zida saqlab qolishni taklif qilgan.

Biroq AQSH Rossiyaning Kremldagi asosiy geosiyosiy talablariga rozi bo‘lsa, Rossiya Prezidenti Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarida to‘liq nazorat o‘rnatish talabidan voz kechishga tayyor.

Masalan, AQSH Qrim ustidan Rossiya nazoratini tan olsa va Ukraina NATOga a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa. 

“Murakkab ish olib borilmoqda. Biz amerikaliklar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Bu ish qiyin va ko‘p vaqt talab qiladi, shuning uchun darhol natijalarni kutish mushkul. Bundan tashqari, bu muzokaralarni ochiq olib borib bo‘lmaydi”, — deydi Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov.

Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida 30 aprelgacha kelishuvga erishishni istamoqda. Bu orqali u prezidentlik faoliyatining dastlabki 100 kunida tinchlik o‘rnatish missiyasini amalga oshirganini e’lon qilmoqchi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:41

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:38

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:36

    'Qozog‘iston kompaniyalari Afg‘onistondagi foydali qazilmalarga qiziqish bildirmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:30

    Qozog‘iston kompaniyalari Afg‘onistondagi foydali qazilmalarga qiziqish bildirmoqda

    Kobulda o‘tkazilgan Qozog‘iston-Afg‘oniston biznes-forumi davomida 140 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

    'Rossiyalik ayol sun’iy intellekt yordamida lotereyadan 36 million rubl yutib oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:15

    Rossiyalik ayol sun’iy intellekt yordamida lotereyadan 36 million rubl yutib oldi

    Dastlab qiz mobil ilovani yuklab olib, biletlar raqamini tavakkal belgilab xarid qilib yurgan.

    'Zelenskiy: Ukraina Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishini hech qachon tan olmaydi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:11

    Zelenskiy: Ukraina Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishini hech qachon tan olmaydi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda Qrim haqida gapirdi.