Ilon Mask Tesla investorlari bilan suhbatda endi Donald Tramp bilan ishlashga haftasiga atigi bir-ikki kun vaqt ajratishini ma’lum qildi. Bu bayonot “Tesla” choraklik hisobotini e’lon qilgan kuni yangradi.
Hisobotga ko‘ra, kompaniya sof foydasi 71 foizga, avtomobil savdosidan tushgan daromad esa 20 foizga kamaygan. Bu — “Tesla”tarixidagi eng yirik choraklik pasayish.
NPR’ning yozishicha, kompaniya muammolariga Maskning siyosiy faolligi ham sabab bo‘lgan. Demokratlar orasida “Tesla”mashinalariga bo‘lgan talab keskin kamaygan, chunki bu qatlam elektromobillarni ko‘proq tanlaydi.
Mask esa bu fikrlarni inkor etib, daromadning asosiy manbai sifatida robotaksilar va avtonom robotlarni ko‘rsatdi.