Bog`chaga qabul evaziga 150 AQSh dollari talab qilgan mudira qonun oldida javob beradi

Jinoyat 15.12.2016, 15:17
Bog`chaga qabul evaziga 150 AQSh dollari talab qilgan mudira qonun oldida javob beradi

Nafs atalmish balo domiga tushgan borki, yuzi shuvut bo`lib, el aro malomatga qoladi. "Kamalak" nomli maktabgacha ta`lim muassasasi mudirasi lavozimida ishlab kelayotgan Nargiza Murodova (ism-familiyalar o`zgartirilgan) ham nafs sirtmog`iga ilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasining 45-sonida bayon etilgan.

Nazira ismli ayol mudira oldiga kelib, ikki nafar farzandini bog`chaga joylashtirishni so`radi. Shunda Nargiza Murodova tamagirlik yo`lini tutib:

—  Singlim, bolalaringizni ro`yxatga qo`yganmidingiz? — deb so`radi.

—  Opa, ro`yxatga qo`yish kabi tartiblardan xabarimiz bo`lmagan. To`g`ri oldingizga kelaverdim. Iltimos, bir ilojini qiling! Ishga chiqishim kerak.

—  Mayli, yordam beraman. Ammo o`zingiz bilasiz, — deya chaynaldi mudira.

Nazira uning maqsadini tushungandek bo`ldi. Mudira ham ishni tezroq bitirish uchun "xizmat haqi" 150 AQSh dollari bo`lishini aytdi.

—  Bu gap o`rtamizda qolsin, Joylar kam, sizga o`xshab bolasini joylashtirmoqchi bo`lgan ota-onalar esa ko`p. 

Mudiraning gaplaridan shoshib qolgan Nazira chorasiz qoldi. Nima

qilishni bilmay, boshi qotdi. Uyiga kelib, turmush o`rtog`iga "yorildi". Turmush o`rtog`i mudiraning talabini bajarishga imkoni yo`qligini aytib, huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qildi.

Oradan ikki kun o`tib, bog`cha mudirasi ashyoviy dalil — 150 AQSh dol- larini Nazira Safarovadan olayotganida qo`lga olindi. To`g`ri, ta`magir mudira amnistiya akti asosida kechirilgan, ammo bu voqeadan Nargiza Murodova singari nafs yo`rig`iga yurgan ayrim nopok kimsalar to`g`ri xulosa chiqarishsa, ne ajab.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1