AsosiyJamiyat

Internetda tez fursatda mo‘may daromad olishni va’da qilayotganlarga ishonmang!

Kiberxavfsizlik markazi muhim ogohlantirish bilan chiqdi.

'Internetda tez fursatda mo‘may daromad olishni va’da qilayotganlarga ishonmang!'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda hamda telegram messenjeridagi "Halol" nomli kanal orqali internet foydalanuvchilari tez fursat ichida mo‘may daromad olishlari mumkinligi mazmunidagi xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi, deya xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi. 

Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.  Shuningdek, www.fake.cyber102.uz veb platformasi orqali sahifani (havolani) haqiqiy yoki soxta (feyk) ekanligini aniqlab olishingizni tavsiya etamiz, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar