AsosiyJamiyat

Toshkentda omborxona yonib ketdi

Hodisa sabab omborxonaning taxminan 500 kv.m maydonining ichki va tom qismi yonib zararlangan.

'Toshkentda omborxona yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 28-aprel kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonada yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat ertalab soat 07:00 da tumanning “Abdurauf Fitrat” MFY, G.Aliyev ko‘chasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:02 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:33 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida omborxonaning taxminan 500 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan, — deyiladi xabarda.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

    Boshqa yangiliklar