AsosiyDunyo

Rossiyada yozuvchi Dmitriy Bykovga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tergovchilar hozirda Bykovni qidiruvga berish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

'Rossiyada yozuvchi Dmitriy Bykovga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

Rossiya Tergov qo‘mitasi yozuvchi Dmitriy Bykovga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, u Rossiya armiyasi haqida “yolg‘on ma’lumotlar” tarqatganlikda va “xorijdagi agent” maqomini olgan shaxs sifatida qonuniy majburiyatlarni bajarmaganlikda ayblanmoqda.

Tergovchilar hozirda Bykovni qidiruvga berish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Davlat agentligi TASSning xabar berishicha, ayblovlarga sabab bo‘lgan asosiy holat — Bykov tomonidan Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukrainadagi tinch aholi vakillariga qarshi harakatlari haqida videorolik e’lon qilinishi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Dmitriy Bykov 2022-yildan beri AQShda yashab, ijod qilmoqda. Aynan o‘sha yilda, Ukrainaga bosqindan so‘ng, Rossiya Jinoyat kodeksiga 207.3-modda kiritilgan edi. Ushbu modda Rossiya armiyasi haqida “soxta axborot” tarqatganlik uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini nazarda tutadi.

Amaliyotda esa bu modda ko‘proq Ukraina urushidagi harbiy jinoyatlar haqida ochiq gapirgan jurnalistlar, huquqshunoslar, siyosatchilar va faollarga nisbatan ishlatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar