2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim mahsulotlarni sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek o‘rniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.
2025 yilning I choragida 168 146 nafar iste’molchiga 19,7 mlrd so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab beriladi.
TOP-3 hududlar:
Toshkent shahri - 5,4 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati - 2,2 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati - 1,8 mlrd so‘m.Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.