AsosiyDunyo

Tramp Oq uy matbuot kotibini axmoqlikda aybladi

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Oq uyning matbuot kotibi Josh Ernestni axmoqlikda aybladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

“Bu Josh Ernest degan axmoq yigitning Barak Obama bilan gaplashishiga ishonmayman, chunki u bergan axborotlarga shubha bilan qarayman. Prezident  aqlli, bilimli matbuot kotibiga ega bo`lishi lozim. Ba`zan u pozitiv ravishda bergan xabar, boshqalarga negativ ta`sir qilishi mumkin”, – dedi Tramp Pensilvaniya shtatida so`zlagan nutqida.  

Josh Ernest 14 dekabr kuni Trampni Demokratik partiya serveriga Rossiya tomonidan qilingan kiber hujumdan xabardorlikda ayblagan edi. Uning so`zlariga qaraganda, yangi prezident hamma voqeadan ogoh bo`lgan, chunki Rossiya uning raqibiga qarshi bo`lgan. Rossiya esa bu vajlarni rad etgan.

Boshqa yangiliklar