AsosiyDunyo

Olof Sholts lavozimdan ketdi

Uning o‘rnini Fridrix Merts egalladi

'Olof Sholts lavozimdan ketdi'ning rasmi

Germaniya sobiq kansleri Olof Sholts lavozimni tark etar ekan, u Bundesver — mamlakat qurolli kuchlari orkestri ishtirokida tantanali tarzda kuzatib qo‘yildi. Mash’alalar, harbiy musiqa va maxsus rasmiy marosim pruss an’analariga tayangan holda o‘tkazildi.

Bu Germaniyada eng yuksak hurmat ifodasi bo‘lib, bunday marosim faqat kansler, prezident yoki mudofaa vazirlariga nasib etadi. Sholts o‘z tanloviga ko‘ra uch musiqiy asarni ijro ettirdi: “The Beatles”ning “In My Life” qo‘shig‘i, Bax musiqasidan parcha va Areta Franklinning “Respect” asari.

U marosimda so‘zga chiqib, o‘z hamkasblari va butun xalqqa rahmat aytdi.

Hokimiyat almashinuvi — demokratiyaning ajralmas qismi, biz uni himoya qilishimiz kerak. Germaniya kuchli bo‘lishi uchun biz birgamiz,— deydi Sholts.

U, shuningdek, Germaniya tezroq va zamonaviyroq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va o‘z hukumatining bu yo‘lda mustahkam poydevor qo‘yganini qayd etdi. Kanslerlikni “katta sharaf” deb atagan Sholts, yangi kansler Fridrix Mertsga omad tiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suriya prezidenti Fransiyaga boradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:47

    Suriya prezidenti Fransiyaga boradi

    Joriy yilning 5-fevral kuni telefon orqali muloqot chog‘ida prezident Makron suriyalik hamkasbini yaqin haftalarda Fransiyaga tashrif buyurishni rasman taklif qilgan edi.

    'KXDR Rossiyaga 15 mingga yaqin migrantini yubordi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:21

    KXDR Rossiyaga 15 mingga yaqin migrantini yubordi

    2024-yilda Rossiyaga kirib kelgan shimoliy koreyaliklar soni o‘tgan yilga nisbatan 12 barobarga oshgan.

    'Dog‘istonda noma’lum shaxslar yo‘l patrul xizmati xodimlariga o‘q uzdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:16

    Dog‘istonda noma’lum shaxslar yo‘l patrul xizmati xodimlariga o‘q uzdi

    Mahalliy OAVga ko‘ra, hodisa shaharning shimolidagi Tagirov ko‘chasida yuz bergan.

    'Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 22:28

    Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda

    Neuralink insoniyat uchun yangi davrni boshlab bermoqda.

    'Eron AQSH bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 17:52

    Eron AQSH bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi

    Eron va AQSH 12 apreldan beri yadroviy muzokaralar olib bormoqda.

    'Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming nafar ishchi yubordi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 17:37

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming nafar ishchi yubordi

    Rossiyalik ish beruvchilar shimoliy koreyalik ishchilarni kam haq evaziga har kuni 12 soatlab shikoyatsiz ishlashga tayyor bo‘lgani uchun ham qadrlashini bildirgan.