AsosiyJamiyat

O‘zbekiston dunyoda go‘shti eng arzon sotiladigan mamlakatlar qatorida — vazirlik

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda go‘sht narxi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

'O‘zbekiston dunyoda go‘shti eng arzon sotiladigan mamlakatlar qatorida — vazirlik'ning rasmi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston dunyoda go‘sht narxi eng arzon bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi.

Mutaxassislar fikricha, ayni paytda O‘zbekistondagi bozorlarning arzonlashtirilgan rastalarida 1 kg mol va qo‘y go‘shti o‘rtacha 65-75 ming, savdo rastalarida 90-95 ming, savdo markazlarida esa 95-100 ming so‘mdan sotilmoqda.

Toshkent shahridagi arzonlashtirilgan rastalarda 65-75 ming so‘mlik go‘shtni xaridorlarning 15-18 foizini, 90-95 ming so‘mlik ro‘zg‘orbop go‘sht esa 82-85 foizini, 110-130 ming so‘mlik suyaksiz (laxm) go‘sht esa atigi 1-2 foizini tashkil etadi.

Yana bir jihat, poytaxt bozorlarida go‘shtni aholining xarid qobiliyatiga mos ravishda qismlarga bo‘lib sotish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, go‘shti ajratilgan suyak (ragu) 25-30 ming so‘m, qovurg‘a 85-95 ming so‘m, suyaksiz go‘sht (laxm) esa 110-130 ming so‘m atrofida.

Taqqoslaydigan bo‘lsak, Rossiyada 1 kg mol go‘shti 10-12, Belarusda 6-8, Qozog‘istonda 7-11, Tojikistonda 8-10, Gruziyada 9,5-12, Ozarbayjonda 9,5-12,5, Turkiyada 12-14 dollar, shuningdek, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar Shvetsiyada 46,2, Islandiyada 38,86, Janubiy Koreyada esa 28 dollar atrofida sotilmoqda.

"Bundan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston dunyoda go‘sht eng arzon sotiladigan davlatlar qatorida bo‘lib, Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida Qirg‘izistondan keyinki ikkinchi o‘rinni egallaydi", - deyiladi xabarda.

Go‘sht ishlab chiqarishga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ham tahlil qiladigan bo‘lsak, 2025-yilning birinchi choragida go‘sht ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar – jumladan, yem-ozuqa, elektr energiyasi va yoqilg‘i-moylash materiallari narxlari keskin oshgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida "Damas" piyodani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:39

    Toshkent viloyatida "Damas" piyodani urib yubordi

    Holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

    'Sirdaryoda erkak yosh bolani kaltakladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:24

    Sirdaryoda erkak yosh bolani kaltakladi

    Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

    'Zelenskiy O‘zbekiston, Eron va Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:19

    Zelenskiy O‘zbekiston, Eron va Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

    O‘zbekistonning "qora ro‘yxat"ga tushgan kompaniyalari nomi e’lon qilindi.

    '4 nafar o‘zbekistonlik AQSHga noqonuniy kirishga urindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:57

    4 nafar o‘zbekistonlik AQSHga noqonuniy kirishga urindi

    Ulardan uch nafari erkak kishi, bittasi ayol.

    'Toshkentda 9 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi 4 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:13

    'Surxonlaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:34

    Surxonlaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    Holat yuzasidan Ekologiya boshqarmasi ma’lumot berdi.