AsosiyJamiyat

Angrenda ko‘prik qulab tushdi

Holat bo‘yicha Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ma’lumot berdi.

'Angrenda ko‘prik qulab tushdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “Qorabog‘soy“ ko‘prigining qulab tushganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, holat bo‘yicha “O‘zyo‘lko‘prik“ klasterining Ko‘prik va sun’iy inshootlarni diagnostika qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining murojaatiga asosan qisqa muddatda mazkur ko‘prikda o‘rganish ishlarini amalga oshirib, tegishli xulosani taqdim etgan.

Unga ko‘ra, ko‘prik konstruksiyasi texnik holati o‘rganilganda oraliq qurilma to‘sinlarining ma’naviy eskirgani, to‘sinlarning amaldagi yuklamalarni ko‘tara olmasligi, ko‘prik ustki qoplamasi qalinligi me’yoridan ortib to‘sinlarga ortiqcha yuk berayotganligi, to‘sinlar o‘zaro yaxlit bo‘lmay, alohida element sifatida ishlayotganligi hamda ko‘prik ustki qoplamasidagi yoriqlardan va qatnov qismi qoplamasining chekka qismlaridan oqib tushgan suvlar to‘sinlarni butun tanasi bo‘ylab tarqalib, korroziyaga uchratayotganligi, to‘sinlardagi yoriqlardan suv sizib kirib ishchi armaturalarini ham korroziyaga uchratayotganligi aniqlandi.

Ko‘prikning umumiy texnik holati qoniqarsiz holatda deya baholanadi va kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida ko‘prikda to‘liq rekonstruksiya ishlarini olib borish lozimligi, ko‘prik joylashgan avtomobil yo‘li I toifaga to‘g‘ri kelganligi, ko‘prik gabariti avtomobil yo‘liga mos emasligi, avtomobillar harakatida aynan ko‘prik joylashgan oraliqda tirbandliklar hosil bo‘layotganligini inobatga olib, ko‘prik rekonstruksiya ishlari doirasida avtomobil yo‘li toifasiga va zamonaviy A 14, NK 100 me’yoriy talablarga mos bo‘lgan yangi ko‘prikni qurish maqsadga muvofiqligi aytib o‘tilgan.

Qo‘mitaning qo‘shimcha qilishicha, 2025 yil 13 may kuni taxminan soat 20:00 da, A 373 “Toshkent-Ohangaron- Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon“ avtomobil yo‘lining 85-kilometridagi “Qorabog‘soy“ ko‘prigi chetidagi oxirgi oraliq qurilmasi, ya’ni piyodalar yo‘lagi (bir bona oraliq qurilma balka 22.1 m) sinishi oqibatida ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtomobillar harakati vaqtincha cheklanib, harakatlanish vaqtincha D 019 “Angren shahrini aylanib o‘tish“ avtomobil yo‘liga o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, A 373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon“ avtomobil yo‘lining 85-kilometrida joylashgan 2Qorabog‘soy“ ko‘prigi 1969 yilda “MSU-14 trest UZ moststroy“ tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan va 1995 yilda rekonstruksiya qilingan. Ko‘prik uch oraliqli sxemasi 3x22.2 m ulukli sxemada II toifali avtomobil yo‘liga mo‘ljallanib qurilgan, umumiy uzunligi 66.6 metr, ko‘prikning oraliq qurilmalar kengligi 1.6 m, uzunligi 22.2 m, gabarita 1.3+0.30+14.05+0.30.+1.3 m ko‘prikning balandligi 4.80 metr, qatnov qismining kengligi 2*6.55 m, trotuar kengligi 2*1.30 m, ajratuvchi tasmalar kengligi 0.96 m, ko‘prik osti o‘tish gabarit balandligi 4.80 m, qatnov qismi qiyaligi bo‘lama-1%, ko‘ndalang-3%, me’yoriy yuklama N-30 t, NK-80 t, avtomobil yo‘li 16-toifaga mansub.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'DXX Call-markazi ishga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.05.2025 20:24

    DXX Call-markazi ishga tushdi

    Tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

    'Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.05.2025 15:52

    Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    '2 oyda 110 ta medal: Xalqaro Olimpiadalarda o‘quvchilar faxrli o‘rinlarni egalladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.05.2025 15:23

    2 oyda 110 ta medal: Xalqaro Olimpiadalarda o‘quvchilar faxrli o‘rinlarni egalladi

    So‘nggi 2 oyda O‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan xalqaro olimpiadalarda 110 ta medal qo‘lga kiritildi.

    'Toshkentning Sergeli tumanida yuz bergan yirik yong‘in o‘chirildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.05.2025 14:12

    'Yevropaning navbatdagi sanksiyalari ro‘yxatiga O‘zbekiston ham tushishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 14.05.2025 13:43

    Yevropaning navbatdagi sanksiyalari ro‘yxatiga O‘zbekiston ham tushishi mumkin

    Bu cheklov choralari Ukrainadagi harbiy harakatlar bilan bog‘liq holda joriy etilayotgani qayd etilgan.

    'O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi: Bu faxrlimi yoki xavotirli holatmi?'ning rasmi

    Jamiyat 14.05.2025 07:30

    O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi: Bu faxrlimi yoki xavotirli holatmi?

    2025 yilning mart oyida O‘zbekiston yana bir bor jahondagi eng ko‘p oltin sotgan davlat sifatida qayd etildi.