Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius mamlakatda harbiy xizmatga majburiy chaqiruv qaytishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “DW” xabar bermoqda.
Uning aytishicha, agar Bundesverga (Germaniya qurolli kuchlari) yetarli ko‘ngillilar kelmasa, 2011-yilda bekor qilingan majburiy xizmat tiklanishi ehtimoldan holi emas.
“2025-yildan yangi ko‘ngillilar dasturi boshlanadi. Bu orqali yoshlarda vataniga xizmat qilish istagini uyg‘otmoqchimiz. Ammo bu hali boshlang‘ich qadam, xolos,” — deydi Pistorius.
Hozirda Bundesverda taxminan 181 500 harbiy xizmatchi bor. 2031-yilgacha bu raqamni 203 000 kishiga yetkazish rejalashtirilgan.
2025-yil boshida harbiy xizmatga qiziqish 20 foizga oshgani aytilgan. Shunga qaramay, vazir bunga yetarli emasligini ta’kidladi:
“Qurolli kuchlarimiz kutgan natijaga erishish uchun odamlar hanuz kam.”