AsosiySalomatlik

Gilosni ortiqcha iste’mol qilish xavflimi?

Bu haqda shifokor maslahatini bilib qo‘ysangiz foydadan holi bo‘lmaydi.

'Gilosni ortiqcha iste’mol qilish xavflimi?'ning rasmi

Rezavor mevalarni, shu jumladan gilosni me’yorlangan miqdorda iste’mol qilish kerak, aks holda shish va achish boshlanishi mumkin, deb ogohlantirdi terapevt-shifokor, immunolog Irina Yarseva.

"Siz ko‘p meva yeb qo‘ygan bo‘lsangiz-u, bungacha uzoq vaqt hech narsa yemagan bo‘lsangiz, demak, sizda ferment tizimi tayyor emas. Natijada shish va bijg‘ish bo‘ladi," - dedi u RT bilan suhbatda.

Mutaxassis rezavorlarni iste’mol qilishdan oldin yuvish kerakligini eslatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gilosni qayin changiga allergiyasi bo‘lgan odamlar iste’mol qilishi mumkin emas, chunki ularda danakli mevalarga kesishgan reaksiya paydo bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar