AsosiyJamiyat

Ishchi guruh o‘z faoliyatini Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida olib bordi

Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 105 ta gaz taqsimlash punktlari, 46 km. quvurlar kapital ta’mirlanib, soz holatga keltirildi.

'Ishchi guruh o‘z faoliyatini Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida olib bordi'ning rasmi

Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida davom ettirdi.

O‘ttizga yaqin vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhlari faoliyati Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar hamda sayyor qabullar, xonadonbay o‘rganishlar davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolardan kelib chiqqan holda joylarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash kabi qator yo‘nalishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Ushbu maqsadda o‘tgan bir hafta davomida jami 200 dan ziyod  ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi. Ularda 3,5 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 1 mingdan ziyodi joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish uchun vaqt va mablag‘ talab etadigan murojaatlar Respublika ishchi guruhi nazoratiga olinib, ulrga yechim topish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar berildi.

Ochiq muloqotlar davomida fuqarolardan asosan joylarda kommunal va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash sohalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular tegishli soha mas’ullari tomonidan o‘rganilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Jumladan, Respublika ishchi guruhi mas’ullari yordamida joylarda ichki yo‘llarni talab darajasiga keltirish uchun 30 km.ga yaqin yo‘llar shag‘allashtirildi, 15 km.dan ziyodiga asfalt qoplamasi yotqizidi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 260 dan ziyod transformatorlar yangisiga almashtirildi yoki kapital ta’mirlandi, 3 mingdan ziyod yangi temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi, 30 km.ga yaqin yangi SIP kabellar tortildi.

Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 105 ta gaz taqsimlash punktlari, 46 km. quvurlar kapital ta’mirlanib, soz holatga keltirildi.

Aholini ichimlik va ekin suvi bilan ta’minlash holatini yaxshilash maqsadida 3 ta yangi suv inshooti o‘rnatildi, 17 tasi  ta’mirlandi, 24 km. quvurlar soz holatga keltirildi, 235 km. lotok, ariq va zovur chiqindilardan tozalanib, 14 km. qismi betonlashtirildi.

Sanitariya va egologik ahvoli og‘ir bo‘lgan 200 dan ziyod ijtimoiy soha obyektlariidagi asosiy masalalardan yana biri ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda fuqarolarga amaliy ko‘mar ko‘rsatish bo‘ldi.  

Ana shunday mahallalarda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari asosida yangi loyihalarni amalga oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga amaliy yordam ko‘rsatildi, qo‘shimcha mehnat yarmarkalari tashkillashtirildi.

Misol uchun, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 1,8 ming nafar fuqarolarga 35 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilishi ta’minlandi. “

Ko‘rilgan chora-tadbirlar va o‘tkazilgan mehnat yarmarkalari natijasida 97 ta mahallada 1,3 mingga yaqin kambag‘al oilaga bandlik va daromad manbasini yaratish va turmush darajasini yaxshilash uchun moddiy sharoitlar yaratildi. Ishsiz bo‘lgan 12 mingga yaqin aholi mavsumiy va doimiy ishga joylashtirildi, 300 ga yaqin fuqaro malakasini oshirish uchun bepul o‘qishga yo‘naltirildi.

Aholi sog‘lig‘ini himoyalash va mustahkamlash maqsadida joylarda deyarli 33 ming aholi uchun uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Natijada, 1,1 ming nafar fuqaroga Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarga davolanish uchun order, 260 nafariga nogironlik aravachasi, 466 nafariga protez-ortopediya vositalari va  5,8 ming nafariga bepul yetkazib berildi.

Bundan tashqari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 90 ga yaqin og‘ir mahallalarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi.

Respublika ishchi guruhining galdagi manzili - Farg‘ona, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari.

 

    Boshqa yangiliklar