Daily Mail nashriga ko‘ra, AQSHda sotiladigan ayrim mashhur pivolar tarkibidan saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan PFAS (per- va poliftoralkil moddalar) aniqlangan. Ushbu moddalar “abadiy kimyoviy moddalar” deb ham ataladi va ular organizmda yig‘ilib qolib, salomatlik uchun jiddiy xavf soladi. Tadqiqotchilar bu moddalarning oz miqdori ham uzoq muddatda salbiy ta’sirga ega bo‘lishini ta’kidlashmoqda.
Olimlar 23 turdagi pivoni o‘rganib chiqishdi va ularning 95 foizida PFAS — “abadiy kimyoviy modda”ning xavfli darajadagi miqdori aniqlandi. Bu modda organizmdan chiqmaydi, saraton, bedunyolik, buyrak va qalqonsimon bez muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu modda pivoga ishlab chiqarish jarayonida tushadi, chunki ko‘plab pivo zavodlari tejamkorlik maqsadida maxsus filtr o‘rnatishmaydi.
Abdulloh Sayyid