AsosiyJamiyat

Bu yil maktablarni necha nafar o‘quvchi bitirgani ochiqlandi

Milliy statistika qo‘mitasi so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi.

'Bu yil maktablarni necha nafar o‘quvchi bitirgani ochiqlandi'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilda barcha mulkchilik shakli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan o‘quvchilarning umumiy soni 455,2 ming nafarni tashkil etadi. Shundan 243,1 ming nafari qiz bolalar.

Hududlar bo‘yicha 2025 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan o‘quvchilar soni quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 25 987 nafar;

Andijon – 39 598 nafar;

Buxoro – 23 619 nafar;

Jizzax – 18 367 nafar;

Qashqadaryo – 44 670 nafar;

Navoiy – 13 427 nafar;

Namangan – 37 476 nafar;

Samarqand – 51 875 nafar;

Surxondaryo – 35 997 nafar;

Sirdaryo – 11 105 nafar;

Toshkent – 35 764 nafar;

Farg‘ona – 47 068 nafar;

Xorazm – 29 074 nafar;

Toshkent sh. – 41 132 nafar.

    Boshqa yangiliklar