Nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari miqdoriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, nufuzli xalqaro olimpiadada:
1-o‘rin (oltin medal) egallagan o‘quvchilarga — BHMning 2 500 baravari (hozirgi vaqtda 937,5 mln so‘m) miqdorida;
ularning o‘qituvchilariga — BHMning 450 baravari (hozirgi vaqtda 168 mln 750 ming so‘m) miqdorida;
terma jamoa rahbariga — BHMning 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 mln 125 ming so‘m) miqdorida;
2-o‘rin (kumush medal) egallagan o‘quvchilarga — BHMning 1 500 baravari (hozirgi vaqtda 562,5 mln so‘m) miqdorida;
ularning o‘qituvchilariga — BHMning 250 baravari (hozirgi vaqtda 93 mln 750 ming so‘m) miqdorida;
terma jamoa rahbariga — BHMning 25 baravari (hozirgi vaqtda 9 mln 375 ming so‘m) miqdorida;
3-o‘rin (bronza medal) egallagan o‘quvchilarga — BHMning 1 000 baravari (hozirgi vaqtda 375 mln so‘m) miqdorida;
ularning o‘qituvchilariga — BHMning 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 mln 250 ming so‘m) miqdorida;
terma jamoa rahbariga — BHMning 15 baravari (hozirgi vaqtda 5 mln 625 ming so‘m) miqdorida;
xalqaro olimpiadada:
1-o‘rin (oltin medal) egallagan o‘quvchilarga — BHMning 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 mln 250 ming so‘m) miqdorida;
ularning o‘qituvchilariga — BHMning 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 mln 750 ming so‘m) miqdorida;
2-o‘rin (kumush medal) egallagan o‘quvchilarga — BHMning 100 baravari (hozirgi vaqtda 37,5 mln so‘m) miqdorida;
ularning o‘qituvchilariga — BHMning 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 mln 125 ming so‘m) miqdorida;
3-o‘rin (bronza medal) egallagan o‘quvchilarga — BHMning 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 mln 750 ming so‘m) miqdorida;
ularning o‘qituvchilariga — BHMning 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 mln 250 ming so‘m) miqdorida;
mintaqaviy xalqaro olimpiadada:
1-o‘rin (oltin medal) egallagan o‘quvchilarga — BHMning 12 baravari (hozirgi vaqtda 4,5 mln so‘m) miqdorida;
ularning o‘qituvchilariga — BHMning 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 mln 750 ming so‘m) miqdorida;
2-o‘rin (kumush medal) egallagan o‘quvchilarga — BHMning 8 baravari (hozirgi vaqtda 3 mln so‘m) miqdorida;
ularning o‘qituvchilariga — BHMning 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 mln 125 ming so‘m) miqdorida;
3-o‘rin (bronza medal) egallagan o‘quvchilarga — BHMning 6 baravari (hozirgi vaqtda 2 mln 250 ming so‘m) miqdorida;
ularning o‘qituvchilariga — BHMning 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 mln 250 ming so‘m) pul mukofotlari beriladi.