AsosiyJamiyat

Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryoda "svet"dan noqonuniy foydalanganlar qo‘lga tushdi

Har bir holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

'Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryoda "svet"dan noqonuniy foydalanganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.P.” MCHJ mas’ul shaxslari ishlab chiqarish binosida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 494,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.T. “Mingchinor” MFY hududidagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 160,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Guliston shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.X. xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 172,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda fuqarolarni AQSH va Yaponiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:32

    Toshkentda fuqarolarni AQSH va Yaponiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga tushdi

    Ular AQSHga jo‘natishni 22,5 ming, Yaponiyaga jo‘natishni 2 ming dollarga “baholashgan”.

    'Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:27

    Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi

    Mukofot pulining yangi qiymatlari bilan tanishing.

    'Baxtiyor Saidov ICESCO bosh direktori bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:23

    Baxtiyor Saidov ICESCO bosh direktori bilan uchrashdi

    Uchrashuv davomida kengayib borayotgan hamkorlik haqida fikr almashildi.

    'Toshkentdan daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:28

    Toshkentdan daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    Daraxt ikki nafar fuqaroni bosib qolgan. Ulardan biri shifoxonada davolanmoqda.

    'Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:20

    'Bu yil maktablarni necha nafar o‘quvchi bitirgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.05.2025 22:19

    Bu yil maktablarni necha nafar o‘quvchi bitirgani ochiqlandi

    Milliy statistika qo‘mitasi so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi.