AsosiyDunyo

Ilon Mask Trampni tanqid qildi

Amerikalik milliarder Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yangi xarajatlar loyihasidan noroziligini bildirdi.

'Ilon Mask Trampni tanqid qildi'ning rasmi

Unga ko‘ra, qonun loyihasida nazarda tutilgan katta soliq imtiyozlari AQSh Hukumat samaradorligini oshirish departamenti (DOGE) ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Byudjet taqchilligini kamaytirish o‘rniga uni oshiruvchi bu hujjat meni xafa qildi,” — deydi Mask “CBS News” telekanaliga bergan intervyusida.

Mazkur qonun loyihasi hali AQSh Senatida tasdiqlanishi kerak. Hujjatda 2017 yilda Tramp tomonidan kiritilgan soliq imtiyozlarini uzaytirish, davlat qarzining yuqori chegarasini 4 trillion dollargacha oshirish va chegara xavfsizligiga ajratiladigan mablag‘larni ko‘paytirish nazarda tutilgan.

AQSh Kongressi hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi soliq siyosati 2034 yilgacha davlat byudjeti taqchilligini 3,8 trillion dollarga oshirishi mumkin.

Oq uy esa mazkur kamomadni import bojlari hisobidan qoplashni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar