AsosiySiyosat

Samarqanddagi ko‘chaga Rim shahri nomi berildi

Kongress markazida shunga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

'Samarqanddagi ko‘chaga Rim shahri nomi berildi'ning rasmi

29 may kuni Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni o‘rtasidagi oliy darajadagi O‘zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress markazida Samarqand shahridagi ko‘chaga Rim shahri nomini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston va Italiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta’kidladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni o‘zbek eksportchilarni Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqishi uchun o‘qitish, Toshkentda qo‘shma Sertifikatlashtirish markazini tashkil etish, Texnologik sheriklik dasturini yo‘lga qo‘yish va investitsiya fondini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilgandi.

    Boshqa yangiliklar