SSV Matbuot xizmati Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy xodimi Noiba Azimova bu boradagi tavsiyalarini berdi.
— Bolalarda hazm tizimi yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli ba’zi taomlar jajji o‘g‘il-qizlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bu borada JSSTning alohida tavsiyalari ham bor. Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni to‘g‘ri ovqatlantirish talab va qoidalari ko‘pchilik ota-onalar uchun qiziq.
Olti oylikkacha bo‘lgan kichkintoylar uchun eng maqbul taom — ona suti. Qo‘shimcha ovqatlarni esa shu davrdan boshlab bolajonlar ratsioniga kiritsa bo‘ladi.
Yog‘siz va yaxshilab ezilgan meva, go‘sht, sabzavot pyurelari, pishloq va yogurtlar shular jumlasidan.
Ammo bu davrda quyidagi oziq-ovqatlarni kichkintoylarga berib bo‘lmaydi:
- asal va asal qo‘shilgan mahsulotlar, shu jumladan, pishiriqlar (tarkibida botulizmni keltirib chiqaruvchi sporalar bo‘lishi mumkin);
- sigir suti (ichakda qon ketish ehtimolini yuzaga keltiradi, qolaversa, qiyin hazm bo‘ladi);
- xom yoki chala pishirilgan go‘sht;
- pishirish yoki qaynatish jarayonida sarig‘i qotmagan tuxum;
- pasterizatsiyalanmagan sut mahsulotlari;
- konfetlar, saqich, qattiq pechene va qotirilgan non bo‘laklari;
- tarkibida kofein moddasi bo‘lmagan ichimliklar, shu jumladan choy (ularni ikki yoshgacha bermaslik zarur).