AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda “Ma’rifat karvoni” tadbirlari start oldi

Mazkur tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini qamrab oladi.

'O‘zbekistonda “Ma’rifat karvoni” tadbirlari start oldi'ning rasmi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator hamkor tashkilotlar hamkorligida 2025 yil may-iyun oylarida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi.

Mazkur “Ma’rifat karvoni” tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini qamrab oladi.

Tadbirlar davomida quyidagi loyihalar amalga oshiriladi:

“Sivilizatsiyalar – Shaxslar – Kashfiyotlar” shiori ostida ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimotlari, amaliyotga yo‘naltirilgan seminar va treninglar;

“Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” mavzusida konferensiya, forum va anjumanlar;

“Tirik tarix” loyihasi doirasida milliy kinoijodkorlar ishtirokida buyuk ajdodlarimizning madaniy merosini keng targ‘ib etuvchi filmlar namoyishi;

Shuningdek, boshqa ilmiy, ijtimoiy va innovatsion tashabbuslar ham ko‘zda tutilgan.

“Ma’rifat karvoni” — yurtimiz ziyolilari uchun yagona platforma sifatida xizmat qiladi!

    Boshqa yangiliklar