AsosiyDunyo

Germaniyada Rossiyalik xakerlardan iborat kiberjinoyatchilar tarmog‘i fosh qilindi

Tekshiruv ortidan 300 ta server faoliyati to‘xtatilgan.

'Germaniyada Rossiyalik xakerlardan iborat kiberjinoyatchilar tarmog‘i fosh qilindi'ning rasmi

May oyi oxirida Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Kanada va AQSH huquq-tartibot organlari Yevropol bilan hamkorlikda “Endgame” nomli maxsus operatsiyani o‘tkazdi.

Operatsiya natijalari 3 iyun kuni Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt va Federal jinoyatchilik idorasi rahbari Xolger Myun tomonidan e’lon qilindi.

Myunning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya tobora ko‘proq “prorossiy” deb baholangan xakerlar hujumiga uchramoqda. Dobrindt buni Germaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani bilan izohladi.

“Endgame” operatsiyasi davomida 300 ta server faoliyati to‘xtatildi, shundan 50 tasi Germaniyada joylashgan. 3,5 million yevroga teng kriptovalyuta musodara qilindi. 37 nafar jinoyatchining shaxsi aniqlangan, 20 nafari ustidan xalqaro qidiruv e’lon qilingan. Biroq ular Rossiyada bo‘lgani bois qo‘lga olinmagan.

DanaBot, Bumblebee, Latrodectus, Qakbot, HijackLoader, Warmcookie va Trickbot kabi zararli dasturiy ta’minotlar va bot tarmoqlari ishi to‘xtatildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:09

    Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi

    Pekin mazkur qarorni milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar bilan izohlashmoqda.

    'Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:08

    Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi

    Eron norozilik namoyishlari boshlanganidan beri xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida katta qurbonlar qayd etilgan.

    'Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 09:12

    Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.

    Mamlakatning asosiy savdo hamkorlari qatoriga Hindiston, Xitoy va Turkiya kiradi.

    'Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 08:19

    Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.

    Germaniya kansleri Fridrix Mers Hindistonga ilk rasmiy tashrifi doirasida Bosh vazir Narendra Modi bilan Xalqaro varrak festivalida ishtirok etdi.

    'AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 04:13

    AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi

    AQSH Davlat departamenti Eronda kuchayib borayotgan norozilik namoyishlari fonida mamlakatda boʻlib turgan amerikaliklarni zudlik bilan hududni tark etishga undadi.