Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan nezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1998 y.t. shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan, "gashish" giyohvandlik moddasini Bekobod shahridagi yashirib qo‘yilgan joyidan olib, Qo‘qon shahrida yashovchi xaridorga olib ketayotgan vaqtida qochishga uringan ikki shaxs ham daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik moddasi narkokurer tomonidan kontrabanda yo‘li bilan "zakladka" ko‘rinishida ko‘mib ketilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.