Jennifer Lopesning Toshkentdagi konsertiga chiptalarning 40 foizini 35 dan ortiq davlat fuqarolari sotib oldi.
Buyurtmalarning asosiy qismi MDH va Markaziy Osiyo davlatlari: Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek, MDHdan tashqari davlatlar, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, BAA, Janubiy Koreya, Kanada va Saudiya Arabistoniga to‘g‘ri keladi.
Madaniyat jamg‘armasi xorijiy tomoshabinlarning bunday oqimi nafaqat imijga, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.