AsosiySalomatlik

Homiladorlar TORCH infeksiyasiga qachon tahlil topshirishi kerak?

Ushbu savolga mutaxassis batafsil javob berdi.

'Homiladorlar TORCH infeksiyasiga qachon tahlil topshirishi kerak?'ning rasmi

Ushbu savolga Respublika perinatal markazi direktori Nilufar O‘rinboyeva batafsil javob berdi.

 — Bugun ko‘pchilik ayollar homilador bo‘lganidan bir necha oy o‘tib, TORCH-infeksiyasiga tahlil topshiradi. Biroq bu xato, — deydi mutaxassis. — Aslida homiladorlikdan 2-3 oy avval, ya’ni uni rejalashtirish paytida tekshiruvdan o‘tish, agar natija musbat bo‘lsa, virusga qarshi zarur dori-darmonlarni qabul qilish maqsadga muvofiq.

Ana shunda ayol organizmi virusni vaqtida yenga oladi va tanada mazkur infeksiyalarga qarshi antitanachalar hosil bo‘ladi. Shuningdek, bu – homiladorlikkacha davo va profilaktika choralarini ko‘rish imkonini beradi. 

 Shifokor tavsiyasiga ko‘ra, TORCH-infeksiyani homiladorlik davrida ham tekshirtirib borish zarur.

 Bu viruslar guruhining o‘ziga xosligi shundaki, uning alomatlari mutlaqo kuzatilmasligi yoki kam namoyon bo‘lishi mumkin. Jumladan, toshma, isitma kabi klinik belgilar orqali tashxis qo‘yish biroz murakkab. Shu bois eng aniq diagnostik usul qonda immunoglobulinlarni tekshirishdir.

 Buning uchun och qoringa qon tahlili topshiriladi. Tekshiruvgacha bo‘lgan 3 hafta davomida antibakterial va virusga qarshi preparatlar qabul qilmaslik lozim. 

Tahlil natijalari ma’lum bo‘lgach, albatta, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.01.2026 15:58

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 20:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 04:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 08:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 20:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 12:07