AsosiyJamiyat

Xorazmda viloyat FVBning 2 nafar xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Ulardan biri fuqaroga ishga joylab qo‘yishni, ikkinchisi tanishlari orqali "prava" olib berishni va’da qilgan.

'Xorazmda viloyat FVBning 2 nafar xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Tuproqqal’a tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi Xazorasp tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Xorazm viloyati FVBga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSH dollari talab qiladi.

DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shovot tumani FVB xodimi ham fuqaroga ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan JKning 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar