Isroil va Eron o‘rtasidagi havo urushi juma kuni ikkinchi haftasiga kirdi. Bu orada Yevropa Ittifoqi rasmiylari Tehronni muzokaralarga qaytarishga harakat qilmoqda. AQSH esa hali qat’iy pozitsiyasini bildirgani yo‘q.
Isroil o‘tgan haftada hujumlarni boshlaganini e’lon qilib, bu harakatni Eronning yadroviy qurol ishlab chiqishiga qarshi choralar deb atagan. Bunga javoban, Eron Isroil hududlariga ballistik raketalar va dronlar yordamida zarba bergan.
Tehron yadroviy dasturi tinch maqsadlarda ekanini ta’kidlamoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp esa, AQSHning ehtimoliy aralashuvi yuzasidan yakuniy qaror ikki hafta ichida e’lon qilinishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil va Eron o‘rtasidagi raqobat va keskinlik so‘nggi yillarda haddan tashqari kuchayib, 2024 yilning yozida to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv bosqichiga yetib keldi.