AQSH tomonidan Eronning yadro obyektlariga yo‘naltirilgan havo hujumlaridan so‘ng, xalqaro inspektorlar tomonidan kuzatuv ostida bo‘lgan 400 kilogrammga yaqin boyitilgan uran izsiz yo‘qolgani aniqlandi. Bu haqda “Reatures” nashri Xalqaro atom energiyasi agentligidagi (MAGATЕ) manbalariga tayanib xabar berdi.
MAGATЕ vakillariga ko‘ra, yo‘qolgan yadroviy yoqilg‘i vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin yoki ehtimol maxfiy joyga ko‘chirilgan. Ayni vaqtda, taxminan 400 kg boyitilgan uran Eron uchun kamida to‘qqizta yadroviy qurol yasash imkonini berishi mumkin.
AQSH prezidenti Donald Tramp ilgari bergan bayonotlarida “Eronning yadroviy imkoniyatlarini butunlay yo‘q qildik”, deya da’vo qilgan edi. Biroq yangi tafsilotlar Tramp ma’lumotlariga shubha uyg‘otmoqda.
Tramp “Fox News”ga bergan so‘nggi intervyusida shunday dedi:
“Ularning kamida uchta asosiy, balki to‘rtinchi yadro obyektlari borligini bilardik. Shularning biri omondir.”
MAGATЕning bu boradagi yakuniy xulosasi hozircha berilmagan. Ammo vaziyat Eronning yadroviy imkoniyatlari haqida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.