Yangi munozara klubida qishloq xo‘jaligidagi muammolar muhokama qilindi.
O‘zbekistonda oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi samaradorlik va rentabellik darajasi ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Aynan shu masalaga bag‘ishlangan “Taraqqiyot nuqtasi” deb nomlangan yangi munozara klubining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida soha mutaxassislari, amaliyotchilar va iqtisodchilar dehqonchilikdagi asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashdi.
Muhokamalarda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
— hosildorlik va rentabellikni oshirish bo‘yicha amaliy yechimlar;
— mahsulot yetishtirishdan tortib, uni bozorga chiqarishgacha bo‘lgan zanjirni tizimlashtirish;
— suv ta’minoti, agrotexnika va moliyalashtirishdagi muammolar;
— dehqon manfaatlarini himoya qilish va ularga tegishli shart-sharoit yaratish masalalari.