AsosiyJinoyat

Andijonda xonadonida qimor tashkil etgan shaxs ushlandi

4 mln 535 ming so‘m hamda 300 AQSH dollari, 4 dona hayvon suyagidan yasalgan oshiq, shuningdek, xonadon egasining 550 ming so‘m cho‘tal puli ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

'Andijonda xonadonida qimor tashkil etgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Andijon viloyatining Andijon tumanida yashovchi shaxs yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor o‘yini tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon tumanida yashovchi shaxs yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor o‘yini tashkil qilgani fosh etilgan.

Voqea joyidan 4 mln 535 ming so‘m pul hamda 300 AQSH dollari, 4 dona hayvon suyagidan yasalgan oshiq, shuningdek, o‘yin tashkillashtirilgan xonadon egasidan 550 ming so‘m cho‘tal puli ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Soxta prokuratura xodimi 4 ming dollar bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.05.2026 12:38

    Soxta prokuratura xodimi 4 ming dollar bilan ushlandi

    Ta'lim muassasasiga haydovchilik o'quv markazi ochish uchun guvohnoma olib berishni va'da qilib, 10 ming dollar talab qilgan.

    'Buxoroda ikki ayol erkakni shantaj qilib, pul talab qildi'ning rasmi

    Jinoyat 02.05.2026 10:21

    Buxoroda ikki ayol erkakni shantaj qilib, pul talab qildi

    Ayol erkakni oilasini buzish bilan qo‘rqitib, 6,8 mln so‘m talab qilgan.

    'Qarshida AGTKShda 1,6 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.05.2026 09:14

    Qarshida AGTKShda 1,6 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

    Qarshi shahrida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida tabiiy gazni noqonuniy o‘zlashtirish holati aniqlandi.

    'Navoiyda noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.05.2026 08:42

    Navoiyda noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi

    Tomdi tumanida 5,2 tonna ma'danli toshlar qazib olinayotgan vaqtda shaxslar ushlandi.

    'Profilaktika inspektori 10 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.05.2026 07:04

    Profilaktika inspektori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

    У фуқарога нисбатан жиноят иши қўзғатиш ва жавобгарликка тортишни ваъда қилиб, пул талаб қилган.

    'Qashqadaryoda erkak 45 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 01.05.2026 15:58

    Qashqadaryoda erkak 45 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

    Ichki ishlar vazirligi Shahrisabz tumanida dala maydoniga ko‘mib qo‘yilgan yirik miqdordagi giyohvandlik vositasini olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.