Bugun, 4 iyul soat 02:42 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Sag‘bon” MFY, Fitrat ko‘chasida joylashgan uyalarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:10 da o‘rab olingan va soat 04:05 da o‘chirilgan.
“Yong‘in oqibatida uyning 140 kv.m maydonda shifti, tomi, ichki qismi va jihozlari yongan”, — deyiladi xabarda.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.