AsosiyJamiyat

Yer maydonlarini pullamoqchi bo‘lgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.

'Yer maydonlarini pullamoqchi bo‘lgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida yer maydonlarini sotishda fuqarolarni aldash bilan bog‘liq ikki firibgarlik guruhi faoliyati oshkor qilindi. Ular oldindan katta miqdorda pul olgan vaqtda Ichki ishlar va prokuratura xodimlari hamkorlikda ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatidagi yer maydonlari bilan bog‘liq ikki firibgarlik holati aniqlandi.

Fuqarolar Sh.A. va A.S. 4 gektar bo‘sh yerni 420 ming AQSH dollari evaziga sotishini va yuqori lavozimdagilar yordamida kottedj qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishini va’da qilib, oldindan 90 ming dollarni olgan paytda ushlandi.

Shuningdek, N.N. va Sh.M. kadastr idoralaridagi tanishlari orqali Urgut tumanidagi fermer xo‘jaligining 1,5 gektar yer maydonini 80 ming dollarga fuqaro A.O. nomiga rasmiylashtirishni va’da qilib, oldindan 20 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan paytda ushlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar