AsosiyJamiyat

Toshkentda narkotik tarqatgan dorifurush qo‘lga tushdi

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Toshkentda narkotik tarqatgan dorifurush qo‘lga tushdi'ning rasmi

Poytaxt Toshkentda yoshlarga dori sotib, pullab yurgan dorifurush qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX Darakchi.uz'ga ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi, 1992 y.t. shaxsning Yangihayot tumanidagi ijaradagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 16249 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam Telegram messenjeri orqali savdo qiluvchi shaxs tomonidan Sergeli tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu dori vositalarini olib, kelgusida mijozlarga sotganidan so‘ng, narkosavdogarga 16 ming AQSH dollari berishi kerak bo‘lgan.

 

“Zardeks” dori vositalari tarkibida “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 818-son qaroriga muvofiq, “Pregabalin” moddasi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar turkumiga kiradi.

Hozirda dorifurush fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakati olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar