AsosiyDunyo

Surxondaryoda advokat pora olayotganda ushlandi

Surxondaryolik advokat jinoyat ishida ayblanuvchiga yengil jazo chiqarilishi evaziga 60 ming AQSH dollari talab qildi.

'Surxondaryoda advokat pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik hay’ati a’zosi bo‘lgan advokat jinoyat ishida ayblanuvchiga yengilroq — ozodlikdan mahrum etilmaydigan jazo tayinlatish uchun 60 ming AQSH dollari talab qilgani fosh etildi. Bu haqda DXX Darakchi.uzga ma’lum qildi.

 

Ushbu ish bo‘yicha ayblanuvchi shaxs hozirda Jarqo‘rg‘on tuman sudida sud qilinmoqda. Advokat esa o‘zining sud tizimidagi tanishlari orqali ayblanuvchiga nisbatan yengil jazo tayinlashda “yordam” va’da qilgan.

 

Ammo bu “yordam” DXX va prokuratura xodimlarining nazaridan chetda qolmadi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan puldan 50 ming dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

 

Uning ustidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi (pora olishga suiqasd) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp Zelenskiyga Moskva va Peterburgga zarba berish imkonini taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:03

    Tramp Zelenskiyga Moskva va Peterburgga zarba berish imkonini taklif qildi

    Avvalroq ham Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukraina rahbariga bu taklifni oshkor gapirgandi.

    'Tramp Chelsi yutgan kubokni o‘zida qoldirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:30

    Tramp Chelsi yutgan kubokni o‘zida qoldirdi

    Chelsiga esa yangisi topshirildi. Kubok 24 karatlik oltin bilan qoplangan.

    'AQSHda qizamiqqa chalinganlar soni rekord darajaga yetdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:59

    AQSHda qizamiqqa chalinganlar soni rekord darajaga yetdi

    2025 yil iyul oyida AQSHda 1300 ga yaqin odam qizamiqqa chalingan.

    'Tramp: Rossiya urushni to‘xtatmasa, savdo qilgan davlatlarga 100 foiz boj qo‘yamiz'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:21

    Tramp: Rossiya urushni to‘xtatmasa, savdo qilgan davlatlarga 100 foiz boj qo‘yamiz

    AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyani urushni to‘xtatishga majbur qilish uchun yangi tahdid bilan chiqdi.

    'Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumini amalga oshirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:13

    Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumini amalga oshirdi

    Buning oqibatida 16 kishi jarohat olgan.

    '"O‘rikzor savdo kompleksi" yopilmaydigan bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:12

    "O‘rikzor savdo kompleksi" yopilmaydigan bo‘ldi

    Avvalroq, majmua yopilishi haqida xabarlar sindirilgandi.