AsosiyDunyo

Rossiyaning bir kunlik hujumidan nimalar ma’lum?

Hujum Ukrainaning bir nechta viloyatlardagi infratuzilma obyektlariga qaratilgan bo‘lib, jarohatlanganlar qayd etildi.

'Rossiyaning bir kunlik hujumidan nimalar ma’lum?'ning rasmi

16 iyulga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan Ukraina hududlariga bir necha bor dron va raketa hujumlari amalga oshirildi. Hujumlar bir nechta viloyatlardagi infratuzilma obyektlariga qaratilgan bo‘lib, jarohatlanganlar qayd etildi.

Krivoy Rog: Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Vilkulga ko‘ra, shaharga 28 ta “Shahed” droni va 1 ta ballistik raketa yo‘naltirilgan. Hujum natijasida sanoat korxonasi vayron bo‘lgan, 17 yoshli o‘smir og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Shaharda elektr uzilishi va yong‘inlar qayd etildi. Vilkul bu hujumni “bundan avval kuzatilmagan miqyosdagi” deb atadi.

Vinnitsa: Vinnitsa viloyati harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, dron zarbalari infratuzilma obyektlariga tegdi. To‘rt kishi jarohatlangan. Mahalliy manbalar 20 dan ortiq dron ishtirok etganini bildirgan.

Xarkov: 15 iyul kuni kechqurun shaharda 17 ta portlash qayd etilgan. Hududiy rahbar Oleg Sinegubovga ko‘ra, 3 kishi jarohat olgan, zarbalar asosan Kiev tumani hududidagi fuqarolik korxonasiga qaratilgan.

Izmail (Odessa viloyati): Shaharda portlashlar ketma-ketligi qayd etildi. Dron zarbalari infratuzilma obyektiga yetib borgan. Hozircha jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ohangaronda 30 million dollarlik “Premier” korxonasi ishga tushadi'ning rasmi

    Dunyo 13.02.2026 09:49

    Ohangaronda 30 million dollarlik “Premier” korxonasi ishga tushadi

    Loyiha doirasida 250 ta ish o‘rni yaratilib, yillik 4 million dollarlik eksport amalga oshiriladi.

    'NATO Arktikaga o‘n minglab harbiy yuborishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Dunyo 12.02.2026 15:23

    NATO Arktikaga o‘n minglab harbiy yuborishni rejalashtirmoqda

    Alyans "Arktika qo'riqchisi" (Arctic Sentry) missiyasi doirasida Grenlandiya va Norvegiyada keng ko'lamli mashqlar o'tkazadi.

    'Portugaliya Ichki ishlar vaziri dovul ortidan iste'foga chiqdi'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 15:08

    Portugaliya Ichki ishlar vaziri dovul ortidan iste'foga chiqdi

    Portugaliya Ichki ishlar vaziri Mariya Lusiya Amaral lavozimidan isteʼfoga chiqdi.

    'Lavrov MDHda rus tilini faol targ‘ib qilishga va’da berdi'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 15:03

    Lavrov MDHda rus tilini faol targ‘ib qilishga va’da berdi

    Bu haqda u 11 fevral kuni Davlat dumasiidagi hukumat soatida so‘z yuritdi.

    'Истанбулдаги черковга ҳужум бўйича уч шахсга икки марта умрбод қамоқ жазоси берилди'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 12:13

    Истанбулдаги черковга ҳужум бўйича уч шахсга икки марта умрбод қамоқ жазоси берилди

    Istanbul og‘ir jinoyatlar sudi Sariyer tumanidagi Santa-Mariya katolik cherkoviga uyushtirilgan terror hujumi bo‘yicha ikki tojikistonlik va bir rossiyalikni har biri uchun ikki marta umrbod qamoq hamda qo‘shimcha 143 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamolov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 11:31

    Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamolov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

    Shavkat Mirziyoyev atoqli davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Qallibek Kamolovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.