AsosiyDunyo

Kreml Trampning ultimatumiga bee’tibor: Rossiya kursini o‘zgartirish niyatida emas

Moskvada Ukraina uchun yumshash alomatlari ko‘rinmayapti.

'Kreml Trampning ultimatumiga bee’tibor: Rossiya kursini o‘zgartirish niyatida emas'ning rasmi

The New York Times nashri yozganiga ko‘ra, Donald Trampning Ukraina bo‘yicha bosimini kuchaytirishiga qaramay, Rossiya rasmiylari va siyosiy tahlilchilari Moskva tashqi siyosatini o‘zgartirish niyatida emasligini ochiq bildirmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hali ham o‘zining avvalgi pozitsiyalarida mustahkam turibdi: sanksiyalarga dosh bera olishini va har qanday tashqi bosimga qaramasdan Ukrainadagi harbiy harakatlarini davom ettirishini ta’kidlamoqda.

Kremlga yaqin insayderlar Putin o‘zini bu urushda strategik g‘olib deb hisoblashini aytmoqda. Uning fikricha, Ukraina jiddiy yon berishga tayyor bo‘lmas ekan, to‘xtashga hech qanday sabab yo‘q.

    Boshqa yangiliklar