AsosiyDunyo

Tramp sobiq prezident Barak Obamani firibgarlikda aybladi

Uning fikricha, Obama va u bilan birga harakat qilgan shaxslar saylovdagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi kerak.

'Tramp sobiq prezident Barak Obamani firibgarlikda aybladi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil iyul oyida “Truth Social” platformasida e’lon qilgan bayonotida 2016 yilgi prezidentlik saylovlari yuzasidan sobiq prezident Barak Obamani firibgarlikda aybladi, deya yozmoqda "zamon.uz". Trampning ta’kidlashicha, o‘sha vaqtdagi Demokratlar partiyasi a’zolari, jumladan Obama boshchiligidagi siyosiy guruhlar, saylov natijasiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatishga uringan.

Ushbu chiqishida Tramp Fox News telekanali jurnalisti Xarrison Filds va Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbardning 2016-yilgi saylovlar yuzasidan fosh etilgan faktlarga asoslangan bayonotlarini maqtov bilan tilga oldi.

“Obama va uning “gangsterlar jamoasi” saylovdagi firibgarlik uchun eng yuqori darajada jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak”, — deb yozdi Tramp o‘z postida.

Shuningdek, Tramp Tulsi Gabbardning Obama ma’muriyati davrida AQSH razvedka xizmatlari siyosiy maqsadlarda Tramp prezidentligiga to‘siq bo‘lish uchun noto‘g‘ri ishlatilgani haqidagi bayonotini ijobiy baholab, uni ochiqchasiga tabrikladi.

Ma’lumot o‘rnida, Donald Tramp 2016-yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasi nomzodi sifatida ishtirok etib, demokrat nomzod Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozongan edi. Tramp va uning tarafdorlari bu saylovlar davomida noto‘g‘ri axborotlar, razvedka manipulyatsiyasi va ommaviy axborot vositalari orqali bosim bo‘lgani haqida bir necha bor bayonot berishgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil G‘azoni bosib olish bo‘yicha yangi reja tayyorladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:43

    Isroil G‘azoni bosib olish bo‘yicha yangi reja tayyorladi

    Muzokaralar samara bermasa, armiyaning keng qamrovli harbiy operatsiyasi boshlanishi mumkin.

    'AQSH noqonuniy muhojirlar uchun yangi chodir hibsxonalarini quradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:35

    AQSH noqonuniy muhojirlar uchun yangi chodir hibsxonalarini quradi

    Hozirda 200 dan ortiq immigratsiya hibsxonasi mavjud.

    'Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaga keng ko‘lamli zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:17

    Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaga keng ko‘lamli zarba berdi

    Hujum ortidan Kiyevda halok bo‘lganlar bor, bolalar bog‘chasi va metro bekati ham shikastlangan.

    'Kaspiyda yangi siyosiy o‘yin: Moskva Eronga turkiy davlatlarga qarshi “tayanmoqda”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:52

    Kaspiyda yangi siyosiy o‘yin: Moskva Eronga turkiy davlatlarga qarshi “tayanmoqda”

    Rossiya o‘z pozitsiyalarini boy berar ekan, sobiq ittifoqdoshlariga emas, balki Tehronga tayanishga urinmoqda.

    'Yevroparlament: G‘arb yo‘lida Gruziya hukumati to‘siq bo‘lib turibdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:09

    Yevroparlament: G‘arb yo‘lida Gruziya hukumati to‘siq bo‘lib turibdi

    2024 yil yozida Yevropa Kengashi a’zolik bo‘yicha jarayonni de-fakto to‘xtatib qo‘ydi.

    'Turkiyada germaniyalik sayyohlarning kelishi nega kamaydi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:06

    Turkiyada germaniyalik sayyohlarning kelishi nega kamaydi?

    2025 yilning iyun oyida Turkiyaning Egey sohillari va Istanbulda narxlar 2024 yilga nisbatan o‘rtacha 36 foizga oshgan.