AQSH prezidenti Donald Tramp BRICS guruhi ustidan “g‘alaba qozonganini” e’lon qildi. U o‘zining qattiq boj siyosati tufayli Vladimir Putin va Si Szinpin BRICS sammitiga kelmaganini aytib, bu holatni o‘zining tashqi iqtisodiy g‘alabasi sifatida ko‘rsatdi.
Tramp o‘ziga xos ohangda shunday dedi: “Hech kimga biz bilan o‘ynashga yo‘l bermasligimiz kerak. BRICS degan guruh – asosan olti davlatdan iborat kichik bir uyushma. Men ularga kuchli zarba berdim. Ular dollar va AQSH hukmronligiga qarshi chiqmoqchi edilar. Men 10 foizlik boj joriy qilaman, deb aytgandim. Ertasi kuni ular yig‘ilishga bormadi. Juda g‘alati, to‘g‘rimi?”
Uning fikricha, boj to‘lovlari BRICS davlatlariga iqtisodiy bosim bo‘lib xizmat qilgan va ularni bevosita sammitga qatnashishdan tiygan. Tramp bu orqali BRICSning kuchayishiga to‘siq qo‘yganini ta’kidlamoqda.
BRICS guruhining o‘zi esa hozirgi kunda global moliyaviy tizimda AQSH dollarining hukmronligiga muqobil yaratish ustida ish olib bormoqda. Ammo Tramp bu harakatlarni sustlashtirganini va G‘arbiy alyansning ustunligini saqlab qolganini ilgari surmoqda.